TOSHKENT, 29 noya — Sputnik. Belarus Oliy ligasida soʻnggi, 30-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Oʻzbekistonlik futbolchi Jasur Yaxshiboyev toʻp surayotgan “Shaxtyor Soligorsk” jamoasi oʻz maydonida “Minsk” klubini qabul qildi.
Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan oʻzbekistonlik yarim himoyachi Jasurbek Yaxshiboyev shu kuni ham jamoasi tarkibida faol toʻp surdi. “Shaxtyor” “Minsk” jamoasi ustidan 4:2 hisobida ustun keldi.
CH-YE-M-P-I-O-N-Ы!!! 🥇 pic.twitter.com/sHvzgm3DtP
— FK Shaxter Soligorsk (@fcshakhterby) November 28, 2020
Shu tariqa “Shaxtyor” ochkolarini 59 taga yetkazib olgan holda BATEni (58) bir ochkoga ortda qoldirib, chempionga aylandi. Qayd etish joizki, klub soʻnggi marta bundan 15 yil ilgari chempion boʻlgan edi.
Jasur Yaxshiboyev jamoasi kelasi mavsumda Yevropa Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.
Jasur Yaxshiboyev esa Belarus chempionatidagi ilk mavsumida oltin medalni qoʻlga kiritdi va toʻpurarlar poygasida 16 ta gol bilan ikkinchi oʻrinni egalladi.