TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari Sergey Shoygu germaniyalik hamkasbi Annegret Kramp-Karrenbauerning Rossiya bilan kuch yo‘li bilan gaplashish kerak haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.
Shoygu Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan G‘alabaning 75-yilligi haqida gapirayotib, joriy yil aprelida Qora dengizda urush vaqtida bortida odamlar bilan cho‘ktirilgan “Armeniya” teploxodi topilganini eslatdi. Rossiyalik vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu gapirish kerak bo‘lgan urushning ko‘p sonli epizodlaridan biridir.
“Ayniqsa, bugungi kun siyosatchilari avlodlari, aytaylik, o‘sha Germaniyaning, bizga hayotni o‘rgatishni va kuch yo‘li bilan qanday biz bilan gaplashish kerakligini hikoya qilishni boshlayotgan bir paytda”, - dedi Rossiya mudofaa vaziri. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Annegret Kramp-Karrenbauer bir necha kun ilgari Bundestagda chiqish qilayotib, Rossiya bilan qurolsizlanish to‘g‘risida “kuch yo‘li bilan” muzokaralar o‘tkazishga chaqirgan edi: “Bu Germaniya tashqi siyosatining hamisha yaxshi pozitsiyasi bo‘lgan, kelajakda ham shunday bo‘lib qolishi lozim".
“Bu yerda ko‘proq, bilasizmi, umuman boshqa maktab o‘quvchilariga yopishayotgan quyi sinf o‘quvchi qizining chiqishiga o‘xshaydi. Boz ustiga oyisi yoki dadasi maktab direktori bo‘lgan o‘quvchi qizning. U o‘ziga hamma narsani ep ko‘rishi mumkin. Bolalar, biz boshqa maktabdamiz, direktorimiz ham boshqa”, - dedi Shoygu.