TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Afg‘onistonning G‘azni shahrida portlash sodir bo‘ldi, qurbonlar bor. Bu haqda “Ariana News” agentligi xabar qilmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 28 kishi halok bo‘lgan, 19 kishi esa jarohat olgan. Guvohlar harbiylar va jangarilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar haqida ma’lum qilishmoqda.
GHAZNI UPDATE – Health officials in Ghazni said the death toll has risen to 28 and so far 19 wounded in today's Humvee bombing. Local residents report clashes are ongoing between security forces & insurgents #ArianaNews #ATNNews #AfghanNews #AryanaNews #ATN #News #Afghanistan pic.twitter.com/OGXzt3Em8j
— Ariana News (@ArianaNews_) November 29, 2020
Minalashtirilgan avtomobil xudkush terrorchi bilan Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari bataloni oldida portlab ketgan. Mahalliy kasalxona rahbari barcha barcha jabrlanganlar harbiy xizmatchilar ekanligini tasdiqlagan.
Hozircha hech qaysi guruh hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi universitet oldida otishma sodir bo‘lgani xabar qilingan edi.