Toshkent vaqti bilan 29-noyabr tongida Los-Anjelesdagi (AQSh) "Staples Center" arenasida boks kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda boks afsonalari bo‘lmish Mayk Tayson va Roy Jons o‘zaro bellashdi.
Jang to‘liq sakkiz raund davom etdi. 54 yoshli Tayson asosiy e’tiborni kuchli zarbalar yo‘naltirishga qaratgan bo‘lsa, 51 yoshli Jons masofani saqlagan holda vaziyatni nazorat qilishga urindi.
Hakamlar jang durang natija bilan yakunlangani to‘g‘risida qaror qabul qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, bu ikki afsonaviy bokschi 50 dan ziyod janglarni boshdan kechirgan. Har ikkala bokchi ham sobiq mutlaq jahon chempioni.