O‘zbekistonda koronavirus: 28-noyabr asosiy xabarlari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishVremenniy gospital COVID-19 v avtotsentre "Moskva"
Vremenniy gospital COVID-19 v avtotsentre Moskva  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda pandemiya boshlanganidan buyon ayni vaqtgacha 61 milliondan ortiq insonlarda koronavirus qayd etilgan. Qurbonlar soni bir yarim million nafarga yetgan.

TOShKENT, 28 noya - Sputnik. 28-noyabr coat 20:00 ga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 72 718 (+71) nafarni tashkil etmoqda, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Devushka vo vremya snegopada v Stambule, Tursiya  - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus sovuqda o‘zini qanday tutadi - shifokor javobi

Yangi kasallanish holatlarining barcha 71 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, mamlakatda 69 980 (+121) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Hozirda O‘zbekistonda 2130 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan insonlar soni 608 nafarga yetgan.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda pandemiya boshlanganidan buyon ayni vaqtgacha 61 million koronavirusga chalinish holatlari qayd etilgan. Qurbonlar soni bir yarim million nafarga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0