"Qamchiq" dovonida avtotransport harakati tiklandi

© MChSNa perevale Kamchik silniy snegopad - MChS preduprejdayet voditeley
Na perevale Kamchik silniy snegopad - MChS preduprejdayet voditeley - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zgidromet xulosasiga ko‘ra, 28-noyabr soat 11:30dan boshlab "Qamchiq" dovoni orqali avtotransport vositalarining harakati qayta tiklangan

TOShKENT, 28 noya - Sputnik. "Qamchiq" dovonida avtotransport vositalarining harakati tiklandi, deb xabar bermoqda FVV matbuot-xizmati.

Zima v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga Kaspiy va Volgabo‘yidan sovuq havo kirib kelmoqda

Avval xabar berilganidek, 28-noyabr kuni "Qamchiq" dovonida qor ko‘chkisi xavfi bo‘lganligi sababli FVV va IIV tomonidan avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Yuzaga kelgan noqulayliklarni bartaraf etish maqsadida bir qator xizmatlarning maxsus texnikalari yordamida yo‘llar qordan tozalanib, muzlamalarning oldini olish uchun qum-tuz aralashmasi sepildi.

O‘zgidromet xulosasiga ko‘ra, 2020-yil 28-noyabr soat 11:30dan boshlab “Qamchiq” dovoni orqali avtotransport vositalarining harakati qayta tiklandi.

"Qamchiq"” dovoni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar kun davomida berib boriladi.

Ilgariroq O‘zgidromet 2020 yil 28-noyabrda mahalliy vaqt bilan soat 11:00 dan 29-noyabr soat 08:00 gacha Chimon tog‘ zonasida
qor ko‘chki xavfi e’lon qilinishini haqida ogohlantirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0