TOShKENT, 28 noya - Sputnik. Suriyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi qurolli to‘qnashuvlar zonasida joylashgan qurdlarning "Al-Xol" va "Roj" lagerlariga tashrif buyurib, u yerda saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan ularni Vatanga qaytarish masalasini hal qilish uchun uchrashuvlar o‘tkazdi.
Ushbu tashrif O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan tashkil etilgan bo‘lib, ayol va bolalarni qurolli to‘qnashuv zonalaridan olib chiqish bo‘yicha bunday avvalgi "Mehr-1" va "Mehr-2" insonparvarlik operatsiyalarining davomi hisoblanadi.
2019 yilda ushbu operatsiyalar doirasida Suriya va Iroqdan 220 nafar o‘zbek ayollari va bolalari O‘zbekistonga olib kelingan.
Mamlakatdan adashib chiqib ketgan, murakkab kunlarni boshdan kechirgan bu odamlarga, Vatanga qaytib kelganlarida tibbiy, psixologik va ma’naviy yordam ko‘rsatildi va bu ularni tinch hayotga qaytishlariga, jamiyat bilan birlashishiga yordam berdi.
Bugungi kunda "Al-Xol" va "Roj" lagerlariga 100dan ziyod ayollar va (asosan uch yoshgacha bo‘lgan) bolalar kelishda davom etishmoqda. Bolalar oralarida yetimlari ham bor. Ular o‘ta og‘ir sharoitlarda yashamoqdalar, ichimlik suvi, ovqat va tibbiy yordam olishda muammolarga duch kelishmoqda.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, "Al-Xol" va "Roj" lagerlarida 60 mingdan ortiq mahalliy terrorchilar va chet ellik jangarilar, shuningdek 10 mingdan ortiq ayollar va bolalar (ularning aksariyati 12 yoshgacha) bor. Ayollar va bolalar turli sabablarga ko‘ra, terrorchilar yonida bo‘lib qolishgan, ularga turmushga chiqib, farzandlarni dunyoga keltirishgan.
Bu insonparvarlik va terrorizmning oldini olish muammosi bo‘lib, uning yechimi uchun BMTga a’zo davlat javob beradi, shu jumladan o‘z fuqarolari oldida ham. Shu nuqtayi nazardan, mas’uliyat bu - odamlarni o‘z vataniga qaytarish, ularni reabilitatsiya qilish va jamiyatga qayta moslashishni tashkil etish demakdir.
BMT vakolatli ekspertlari fikriga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z fuqarolarini birinchi navbatda, ayollar va bolalarni harbiy mojarolar zonalaridan bilan shug‘ullanadigan dunyodagi kam sonli davlatlardan biridir. Shu bilan birga, Toshkent har bir BMTga a’zo davlat o‘z fuqarolarining taqdiri uchun qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, javobgar ekanligini amalda namoyish etadi.
Respublika tajribasi ko‘plab boshqa mamlakatlar uchun yaxshi o‘rnak namunasidir.