Qozog‘istonlik 20 yoshli Imonbek Gremmi mukofotiga nomzod bo‘ldi - video

Obuna bo‘lish
Amerikacha orzu Qozog‘istonda ushaldi - 20 yoshli temiryo‘lchi bir zumda dunyoga mashhur DJga aylandi. Yaqinda uni Gremmi mukofotiga nomzod qilishdi.

Qozog‘istonlik 20 yoshli Imonbek Zeykenov bir zumda dunyoga mashhur DJga aylandi desak xato bo‘lmaydi. Uning amerikalik reper Saint Jhn.ning Roses qo‘shig‘iga yaratgan remiksini dunyo top-chartlariga chiqdi. Siz bu qo‘shiqni albatta eshitgansiz.

2020 yil davomida ushbu qo‘shiq Amerika va Yevropaning top 10taligida va Shazamda uzoq vaqt davomida bo‘ldi. Keyinroq Uoutubeda tomosha qilinishlar soni 120 milliondan oshib ketdi. Spotifyda esa Imonbekning remiksi 1 milliarddan ortiq marotaba eshitilgan. 

Bugun esa uni Asku shahrida yashovchi 20-yoshli temiryo‘lchi 2021-yilning eng yaxshi remiks yaratuvchisi sifatida Amerikaning nufuzli "Gremmi-2021" mukofotiga loyiq deb topishdi. Imonbek endi nafatqat o‘z vatanida balkim butun dunyoga mashhur bo‘ldi. 

Saint Jhn.ning qo‘shig‘ining originali mana bu yerda.

 

Yangiliklar lentasi
0