O‘zbekistonda koronavirus: 27-noyabr asosiy xabarlari

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishTestirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 v Moskve
Testirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yana 104 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 72 513 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda "Sputnik V" vaksinasi qachon paydo bo‘ladi?

27 noyabr coat 19:00 ga qadar 62 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 72 513 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: Qoraqalpog‘iston Respublikasi 3 nafar, Andijon viloyatida 5 nafar, Jizzax viloyatida 3 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, Toshkent viloyatida 47 nafar, Toshkent shahrida 33 nafar koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 69 780 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 126 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

O‘zbekistonda jami 607 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

“Sputnik V” vaksinasi

O‘zbekiston va Rossiya mutaxassislari COVID-19 koronavirusiga qarshi “Sputnik V” vaksinasi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. 2020-yil oxirigacha ushbu preparat respublikada qo‘llanilishi ehtimoldan yiroq, dedi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi vakili.

“Bu masala hali ko‘rib chiqilmoqda, ehtimol yil oxirigacha amalga oshmasa kerak. Texnik jihatdan imkonsiz, vaqt qolmadi", - dedi agentlik vakili.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 61,0 milliondan oshdi, 1,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 39,0 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (12,9 mln), Hindistonda (9,3 mln), Braziliyada (6,2 mln).

 

Yangiliklar lentasi
0