Katta janjal: dafn burosi ishchisi Maradona jasadi bilan ochiq tobut yonida suratga tushdi

© AFP 2020 / Argentinian PresidencyGrob s telom legendi argentinskogo futbola Diyego Maradoni vo vremya yego pominki v chasovne prezidentskogo dvorsa Casa Rosada v Buenos-Ayrese. 26-noyabrya 2020 goda
Grob s telom legendi argentinskogo futbola Diyego Maradoni vo vremya yego pominki v chasovne prezidentskogo dvorsa Casa Rosada v Buenos-Ayrese. 26-noyabrya 2020 goda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Argentinada dafn marosim xizmati xodimlari Diyego Maradona jasadi bilan ochiq tobut yonida suratga tushishdi.

TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Argentinada dafn marosim xizmati xodimlari Diyego Maradona jasadi bilan ochiq tobut yonida suratga tushishdi, bu esa katta janjalga sabab bo‘ldi, deb xabar qildi TN nashri.

Nashr qilingan suratlarning birida, buro xodimi qo‘lini Maradonaning peshonasiga qo‘yib, bosh barmog‘ini tepaga (zo‘r) ishorasini ko‘rsatib suratga tushgan.

Dafn marosimi burosi xodimlarining xatti-harakatlari Argentina jamiyatining g‘azabiga sabab bo‘ldi, ko‘pchilik ularni jazolashni talab qilmoqda.

Buro rahbari xodimlardan biri ishdan bo‘shatilgani haqida xabar berdi va futbolchining oilasidan kechirim so‘radi.

Kuni kecha Buenos-Ayresda 60 yoshida odamdan ko‘z yumgan jahon futboli afsonasi Diyego Maradonaning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi.

Diyego Maradonani so‘nggi marta 30-oktabrda omma orasida ko‘rishgan. U Argentina chempionatining 1-turi "Ximnasiya va Esgrima" va "Patronato" (3:0) o‘rtasida kechgan, o‘zining 60-yilligiga bag‘ishlangan uchrashuvida ko‘rinish bergan.

Uchrashuv oldidan Maradonaga esdalik taxtachasi topshirilgan. Diyego matchni oxirigacha tomosha qilmagan, o‘zini yomon his qilayotganini aytib, ketgan. Maradonaning sog‘ayishi alkogolizm va narkomaniya oqibatlari tufayli qiyinlashgan edi.

Yangiliklar lentasi
0