Rossiyaga Farg‘ona viloyatidan pomidor va qalampir olib kirish ta’qiqlandi

© Sputnik / Aleksandr KondratukSobranniy urojay pomidorov
Sobranniy urojay pomidorov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondan olib kelingan mahsulotlarda YeOII karantin obyektlari ro‘yxatida bo‘lgan - pomidorlar jigarrang burushiqlik virusi (ToBRFV))virusi aniqlangan.

TOShKENT, 26 noya - Sputnik. Rossiyaga O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidan pomidor va qalampir olib kirish ta’qiqlandi, chunki ularda yuqumli virus borligi aniqlangan. 

"Rossiyaning Veterinar va fitosanitar nazorat bo‘yicha Federal xizmati 2020-yilning 26-noyabridan boshlab Rossiya hududiga O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidan pomidor va qalampirlarni olib kirishni ta’qiqlaydi. Bunday chora O‘zbekistonning ushbu hududidan olib kelingan pomidor va qalampirlarda jigarrang burushiqlik virusi (Tomato brown rugose fruit virus (ToBRFV))aniqlanishi munosabati bilan amalga oshirilgan", - deyilgan rasmiy xabarda. 

Rosselxoznadzor ushbu zararkunandaning Rossiya Federatsiyasi hududida tarqalishini oldini olish maqsadida Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan pomidor va qalampirlarni olib kirishga cheklov o‘rnatdi. 

Pomidorlar jigarrang burushiqlik virusi (Tomato brown rugose fruit virus (ToBRFV)) - YeOII komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Karantin obyektlar Yagona ro‘yxatiga kiritilgan. Rosselxoznadzor 2020-yilning 27-iyulidan boshlab ushbu viruslarning mahsulot urug‘lari va ko‘chatlari tarkibida bo‘lishiga ham ta’qiq kiritgan edi.

Yangiliklar lentasi
0