Qirg‘izistonda rus tilidan rasmiy maqomni olib tashlash taklif qilindi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishPamatnik Leninu na ploshadi goroda Osh v Kirgizii
Pamatnik Leninu na ploshadi goroda Osh v Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy kengashining a’zosi Sadirdin Toraliyev rus tilidan rasmiy maqom olib tashlashni taklif qildi.

TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy kengashining a’zosi Sadirdin Toraliyev rus tilidan rasmiy maqomni olib tashlashni taklif qildi.

Otkritie granisi mejdu Kirgiziyey i Kazaxstanom - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston 33ta davlatga chegarasini ochdi, O‘zbekiston ham ro‘yxatda

"Bu keskin bo‘lib eshitilishi mumkin. Ammo mening taklifim - faqat qirg‘iz tilini davlat tili sifatida qoldirish. Boshqa tillarni boshqa qonunlar bilan rivojlantiramiz", - degan Toraliyevning so‘zlarini keltiradi 24.kg agentligi.

Unga ko‘ra, yoshlar qirg‘iz tilida gaplashishni to‘xtatdilar.

"Nega ular qirg‘iz tilini o‘rganmaydilar? Chunki bunga ehtiyoj yo‘q. Biz uni yaratishimiz kerak. Shundagina hamma qirg‘iz tilini o‘rganishni va gapirishni boshlaydi", - dedi Toraliyev.

Rus tilining rasmiy maqomi davlat maqomi - qirg‘iz tili bilan bir qatorda Qirg‘iziston Konstitutsiyasida mustahkamlangan.

Qirg‘iziston prezidenti devoni axborot siyosati bo‘limi mudiri Nurgazi Anarqulov Toraliyevning taklifi yuzasidan izoh berdi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.

Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, Toraliyev bayonoti faqat uning shaxsiy fikri sifatida qaralishi kerak.

"Konstitutsiyaviy kengash 80 dan ortiq a’zoga ega, har kimning o‘z fikri bor. Umid qilamanki, oxir-oqibat ularning barchasi umumiy fikrga keladi, shu sababli bu jamoat arbobining taklifiga butun konstitutsiyaviy yig‘ilishning fikri sifatida emas, balki uning shaxsiy fikri sifatida qarash kerak", - dedi Anarqulov.

Uning ta’kidlashicha, bunday takliflar prezident apparatida ko‘rib chiqilmayapti va qonunga asosan rus tili rasmiy til maqomiga ega.

Yangiliklar lentasi
0