Polshadan O‘zbekistonga gumanitar yordam olib kelindi

© Posolstvo Respubliki Polsha v TashkentePolsha peredala Uzbekistanu gumanitarnuyu pomosh dlya borbi s COVID-19
Polsha peredala Uzbekistanu gumanitarnuyu pomosh dlya borbi s COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Polsha O‘zbekistonga pandemiyaga qarshi kurashish uchun 214 ming dollarlik miqdorida bo‘lgan gumanitar yordam yubordi.

TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Polsha koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga gumanitar yordam yubordi. Maxsus samolyot respublikaga shaxsiy himoya vositalari, dezinfeksiya vositalari, termometrlar va dori-darmonlarni yetkazib berdi, deb xabar qildi Polsha hukumati.

1/4
2/4
3/4
4/4
1/4
2/4
3/4
4/4
Yukning umumiy qiymati taxminan 214 ming dollarni tashkil etadi.

Qo‘shni Qozog‘iston ham yordam yetkazildi - 53,4 ming dollar miqdorida dezinfeksiyalovchi vositalar va dorilar yuborildi.

Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Pavel Yablonskiyning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston Polshaning Markaziy Osiyodagi eng muhim sheriklar hisoblanadi, taqdim etilgan gumanitar yordam  - bu mamlakat hukumatlari o‘rtasida xalqaro birdamlik belgisidir.

Shuningdek, Yablonskiy bu tashabbus Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan do‘stlikni yanada mustahkamlash yo‘lidagi qadam bo‘lishiga umid bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0