TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Ushbu yilda O‘zbekistondan yengil avtombillar eksporti 1,7 baravarga oshdi, deb xabar qilmoqda Davlat Statistika qo‘mitasi.
2020 yilning yanvar-oktabr oyida xorijiy mamlakatlarga 13 310 dona avtomobil jo‘natilgan. Ularning umumiy qiymati 127,2 million dollarni tashkil qilgan.
O‘zbekistonda ishlab chiqilgan avtomobillarning eng yirik importorlari:
- Qozog‘iston — 109,8 million $ (11 048 dona avtom.);
- Rossiya — 2,2 million $;
- Tadjikistan — 1,2 million $;
- Ukraina — 6,4 million $;
- Ozarbayjon — 6,2 million $.
- Qolgan mamlakatlar - 1,4 million $.
O‘zbekistonga avtomobil importi ham oshib bormoqda. Ushbu yilning yanvar oyidan buyon respublikaga 22 228 dona yengil avtomobil olib kelingan. Ularning umumiy qiymati 392,8 mln. dollarni tashkil qilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan ov 34,7%ga ko‘p.
Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors kompaniyasi ushbu yilda ishlab chiqarish hajmi oshganini xabar qilgan edi. Bunga ichki va tashqi talabning oshishi sabab bo‘lgan. Lekin QQS va soliq imtiyozlari bekor qilingani tufayli korxona sof daromadi miqdori 2 baravar kamaygan.