TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Taniqli jurnalist va huquq himoyachisi Lidiya Grafova 82 yoshida olamdan o‘tdi. U uzoq davom etgan betoblikdan so‘ng Moskvadagi klinikalardan birida hayot bilan vidolashdi, deb xabar qilmoqda Rossiya jurnalistlari uyushmasi.
Uyushma jurnalist ayolning yaqinlari, qarindoshlari, do‘stlari va hamkasblariga chuqur ta’ziya bildirib qolgan.
Grafova o‘zining butun umrini butun dunyo bo‘ylab migrantlar va qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga yordam berishga baxshida etgan, shu uchun ayolni haqli ravishda "Rossiya migratsiyasining vijdoni" deya atashadi.
Huquq himoyachisining ishlarida har bir inson qalbiga nisbatan o‘ta ehtiyotkorona munosabatni ilg‘ash mumkin.
Jurnalist ayol RFdagi birichi migrantlarga ko‘mak beruvchi "Fuqarolik ko‘magi" jamoatchilik tashkiloti hammuassisi sanaladi, u "Ko‘chib o‘tishga ko‘maklashuvchi tashkilotlar forumi" xalqaro jamoatchioik harakatini tashkil etgan. Shuningdek, "Migratsiya, XXI asr" jurnalining bosh muharriri va asoschisi hisoblanadi.
Jurnalistika sohasida uzoq yillik faoliyati davomida Grafova migratsiya siyosatidagi muammolarga bag‘ishlab 500dan ortiq maqolalar yozgan.
Oltita kitob va 11 ta hujjatli film muallifidir. 2003-yilda Inson huquqlari bo‘yicha vakildan "Yilning eng yaxshi huquq himoyachisi-jurnalisti" unvonini qabul qilgan.
2005-yilda Grafova Rossiyadan tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzodi tavsiya etilgan kamsonli ayollarning biri bo‘ldi.
2008 yilda Grafova jurnalistika sohasining oliy mukofoti - "Rossiya oltin qalami"ni qo‘lga kiritgan. 2010-yilda Moskva meri Grafovani bosma OAV sohasida hukumat mukofoti bilan taqdirlagan.