FXX Moskva viloyatida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan kishilarni qo‘lga oldi

© FSB RF / Mediabankka o‘tishSotrudniki FSB RF
Sotrudniki FSB RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari Moskva viloyatida terrorchilik harakatlarini amalga oshirishni rejalashtirgan "Islom davlati"* yacheykasining faoliyatiga chek qo‘yishdi.

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari Moskva viloyatida terrorchilik harakatlarini amalga oshirishni rejalashtirgan "Islom davlati"* yacheykasining faoliyatiga chek qo‘yishdi. Bu haqda Rossiya FXX matbuot xizmati xabar qildi.

Shuningdek, guruhning maqsadi - IShID* saflariga yangi a’zolarni jalb qilish va terrorchilikni moliyalashtirish bo‘lgan.

"Vladimir viloyatida terrorchilik bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida guruh a’zosi - Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi aniqlanib, hibsga olindi", - deyiladi nashrda.

Qolgan gumonlanuvchilar qayerda joylashganligi haqida ma’lumot ochiqlanmagan.

Shu bilan birga, ular yashagan uyda zarba beruvchi elementlar bilan to‘ldirilgan qo‘lbola portlovchi moslama topildi va olib qo‘yildi.

Rossiya FXX rahbari Aleksandr Bortnikov so‘nggi 10-yil ichida jami 150 dan ortiq teraktlarning oldi olinganligini aytgandi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot.

Yangiliklar lentasi
0