AQSh harbiy kemasi Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tdi

© U.S. Navy / MC2 Devon Dow Chitat ria.ru vAmerikanskiy esmines Djon Makkeyn
Amerikanskiy esmines Djon Makkeyn - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh harbiy kemasi “John McCain” Buyuk Potr ko‘rfazida Rossiya chegarasini kesib o‘tdi. Bu holatni RF "Admiral Vinogradov" katta kemasi harbiylari o‘z vaqtida aniqladi.

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. AQSh harbiy kemasi “John McCain” Rossiya chegarasini kesib o‘tdi, bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar qildi.

Bolshoy protivolodochniy korabl (BPK) Admiral Panteleyev - Sputnik O‘zbekiston
"Bu Amerikaning ishi emas". siyosatshunos AQShning RF kemalarini kiritmaslik talabi haqida
“Tinch okean flotining "Admiral Vinogradov" katta kemasi Buyuk Potr ko‘rfazida AQSh harbiy-dengiz kuchlarining "John McCain" esminetsi tomonidan Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasini buzganlik holatini qayd etdi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, AQSh kemasi chiziqdan ikki kilometr nariga o‘tib ketdi.

"Admiral Vinogradov" xorijiy kemani xalqaro aloqa kanali orqali bunday harakatlarni amalga oshirish mumkin emasligi to‘g‘risida ogohlantirdi.

Shuningdek, Rossiya harbiylari AQSh kemasini haydash uchun taran manevridan foydalanishlari mumkinligi aytildi. Shundan so‘ng "John McCain" kemasi neytral suvga qaytib ketdi.

Yangiliklar lentasi
0