TOShKENT, 23 noya - Sputnik. Davlat Statistika qo‘mitasi 2020-yilning yanvar - oktabr oylarida O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan savdo aylanmasi ma’lumotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonning eng yirik tashqi hamkori
- Xitoy. Ushbu davlat bilan umumiy savdo aylanmasi 5,1 milliard dollarni tashkil qilgan. Undan eksport – 1,6 mlrd., import 3,5 mlrd. dollar.
- Rossiya. Umumiy savdo aylanmasi miqdori - 4,5 mlrd., bo‘lib, undan eksport – 1,2 mlrd., import - 3,3 mlrd. dollar.
- Qozog‘iston. Umumiy savdo miqdori – 2,3 mlrd., undan eksport – 729,4 mln., import 1,5 mlrd. dollar.
- Koreya Respublikasi – 1,8 mlrd., eksport – 38,4 mln., import 1735,1 mln. $
- Turkiya – 1654,8 mln., eksport – 785,8 mln., import 869,0 mln. $
- Qirg‘iz Respublikasi – 736,3 mln., eksport – 622,4 mln., import 113,9 mln. $
- Germaniya – 643,6 mln., eksport – 59,6 mln., import 584,0 mln. $
- Afg‘oniston – 611,4 mln., eksport – 609,5 mln., import 1,9 mln. $
- Chexiya – 499,1 mln., eksport – 30,8 mln., import 468,2 mln. $
- Tojikiston – 394,3 mln., eksport – 318,3 mln., import 76,0 mln. $
2020 yilning 10 oyida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 2019-yilning mos davriga nisbatan o‘rtacha 12 % kamaygani qayd etilgan. Xususan, o‘tgan yilning shu davrida umumiy savdo aylanmasi miqdori 34,3 mlrd dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, bu yil ushbu ko‘rsatgich - 30 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bunda eksport kamayishi o‘rtacha 7,4 % kuzatilgan bo‘lsa import kamayishi - 16 % kuzatilgan.