TOShKENT, 23 noya — Sputnik. 23-noyabr kuni Venesuela Rossiya bilan avia qatnovlarni qayta tiklaydi, deb xabar qildi Lotin Amerikasi davlatining fuqarolik aviatsiyasi xizmati.
"Fuqaro aviatsiyasi xizmati ... 23-noyabrdan boshlab Rossiya va Boliviyadan tijorat reyslari ochilishi to‘g‘risida xabar beradi", - deyilgan xabarda.
Ushbu 2ta yo‘nalish Meksika, Dominikan Respublikasi, Eron, Turkiya va Panamaga ochiladigan reyslarga qo‘shiladi.
Bir necha kun oldin Venesuela prezidenti Nikolas Maduro yaqinda Venesuela va Rossiya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar ochilishini e’lon qilgandi.
Venesueladagi Conviasa aviakompaniyasining veb-saytida Moskva yo‘nalishi chiptalarni sotuvga qo‘yildi.