O‘zbekistonda 2021-yilda rahbarlar uchun vazn indeksi joriy etiladi

© © Fotolia / SentelloVrach izmerayet diametr jivota, arxivnoe foto
Vrach izmerayet diametr jivota, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelgusi yilning iyun oyidan boshlab vazirlik, idora va hokimiyat rahbar xodimlarining semizlik darajasini kuzatib boruvchi onlayn tizim va reyting ishga tushadi.

TOShKENT, 22 noya - Sputnik. O‘zbekistonda rahbar va xodimlarning semizlik darajasini nazorat qilish uchun - vazn indeksini onlayn kuzatib borish tizimi yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar qilmoqda O‘zA. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, kelgusi yilning iyul oyidan boshlab vazirlik, idoralar va mahalliy hokimliklarning rahbar xodimlarining semizlik darajasini kuzatib boruvchi onlayn tizim va reyting ishga tushadi. 

"2021 yil 1-iyuldan boshlab, vazirlik, idora, korxona, tashkilot, mahalliy davlat hokimiyati organlarida faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlarning antropometrik ko‘rsatkichlarini (semizlik darajasini, vazn indeksini), boshqa o‘tkir kasalliklarni keskin kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash bo‘yicha baholash mezonlarini ishlab chiqib, reyting asosida tahlil qilish hamda natijalarni onlayn kuzatib borish tizimi yo‘lga qo‘yiladi", - deyilgan xabarda.

Aholini sog‘lomlashtirishga doir ushbu va boshqa choralar muhokamasi AOKAda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida muhokama qilingan. 

Mujchina s golim torsom. - Sputnik O‘zbekiston
Minus 7 kilo – qanday qilib bir yarim oyda ozish mumkin

Eslatib o‘tmiz, biroz oldin qabul qilingan, O‘zbekiston prezidntning "Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari va xodimlari, ularning oila a’zolarining ham jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlarini ta’minlash, ular o‘rtasida musobaqalar tashkil etish ko‘zda tutilgan edi.

Ushbu maqsadlarda, respublikada aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda — yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol, "Workout" (mahalla va ko‘cha fitnesi) sportning ustuvor turlari etib belgilandi.

Undan tashqari, 2021-yilda 50 ta sport zali, 48 ta sport inshooti qurilib foydanishga topshirilishi va har chorakda tuman va shaharlarda "Sog‘lom turmush tarzi rivojlangan mahalla" tanlovi tashkil etiladi. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘quv soatlari doirasida jismoniy tarbiya fanini barcha sinflarda haftada 2 soatdan o‘qitish tashkil etiladi.

Davlat organlari va tashkilotlarida ish kuni davomida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari bajarishi uchun ish vaqtiga kiritiladigan maxsus tanaffuslar belgilanadi.

Yangiliklar lentasi
0