Qozog‘istondan avtomobil importi 18 baravar oshdi

© Sputnik / Said SarnayevKazaxstan planiruyet nachat postavki avto v Uzbekistan
Kazaxstan planiruyet nachat postavki avto v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yilda Qozog‘istondan O‘zbekistonga 3 mingdan ortiq avtomobil olib kelingan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 18 baravar ko‘p.

TOShKENT, 22 noya - Sputnik. Ushbu yilning dastlabki 10 oyida qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidan O‘zbekistonga avtomobillar importi 18 baravar oshdi, deb xabar qilmoqda LS nashri. 

Qozog‘iston Avtobiznesi assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, ushbu yilda Qozog‘istondan avtomobil eksporti miqdori 3 baravariga oshib, jami 6 mingni tashkil qilgan. O‘tgan yilda Qozog‘iston 1,9 ming dona avtomobil eksport qilgan edi. 

Eng ko‘p avtomobil O‘zbekistonga eksport qilindi - 3,1 ming dona (+1872%), ikkinchi o‘rinda Rossiya - 2,8 ming dona (+64%), Qirg‘izistonga - 59 ta avtomobil (+228%) va Belarus - 55 avto  (+129%), - deyilgan xabarda. Pul hisobida O‘zbekistonga - 67 mln dollar, Rossiyaga - 25 mln, Belarusga - 528 ming va Qirg‘izistonga -507 ming dollarlik avtomobillar eksport qilingan. 

Assotsitsiya prognoziga ko‘ra yil oxiriga qadar avtomobil eksporti miqdori 7 ming donadan oshib ketadi.

Buket roz - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 8 ta davlatga atirgul eksport qildi

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda bir necha avtomobil zavodlari bor. Ulardan eng kattasi Kostanay viloyatidagi "Sarikarkaavtoprom" korxonasidir. Bu yerda Xitoyning JAC, Yutong, Ankai yengil va yuk avtomobillari va avtobuslari ishlab chiqariladi. Shuningdek Chevrolet, Ravon va Hyundai avtomobillari ham ishlab chiqariladi.   

Undan tashqari tijorat avtomobillari ishlab chiqaruvchi Ust-Kamenogorsk shahrida "Aziya avto", Semipalatinskda "SemAZ" va Kokshetauda "KAMAZ Injiniring" hamda Olma-Otada Hyundai Trans Kazakhstan va Daewoo Bus Kazakhstan korxonalari faoliyat yuritib kelmoqda.

2020 yilning 10 oyida Qozog‘istonda jami 61,8 ming transport vositasi ishlab chiqarilgan. Ulardan yengil avtomobillar ulushi 51,5 %ni tashkil qilgan. 

Yangiliklar lentasi
0