Yerga 17 mlrd dollar uchib kelmoqda: eng qimmat asteroidni xavfli, deya atashmoqda

© NASAAsteroid v kosmose na fone zemli. Illyustrativnoe foto
Asteroid v kosmose na fone zemli. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yer sayyorasiga olimlar tomonidan potensial xavfli, deya baholangan asteroid yaqinlashmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, samo kezuvchisi orbitasi Yer orbitasi bilan kesishishi tufayli, unga shunday xarakteristika berilgan

TOShKENT, 21 noya – Sputnik. O‘lchami 370dan 820 metrgacha bo‘lgan va kataloglarda 153201 (2000 WO107) raqami bilan qayd etilgan asteroid Yer sayyorasiga yaqinlashmoqda. Bu haqda NASA Yer oldidagi obyektlarni o‘rganish markazi saytida xabar berilgan.

Mars sayyorasi. - Sputnik O‘zbekiston
NASA Marsda kartoshka yetishtirmoqchi

Sayyoramizga asteroidning yaqinlashishi 29-noyabr kuni ro‘y beradi. Olimlarning ta’kidlashlaricha, Yer va asteroid masofasi to‘rt million kilometrdan ortiqni tashkil qiladi (Oygacha bo‘lgan masofadan 11 karra ko‘p). Bundan kelib chiqadiki, Yer uchun xavf tug‘dirmaydi ammo uning orbitasi Yer shari orbitasi bilan kesishish tufayli u potensial xavfli, deya baholanmoqda.

Uning qiziq tomoni: 600 mingta asteroidlar haqida ma’lumotlar to‘plangan Asterank xabariga muvofiq, 153201 (2000 WO107)gi foydali qazilmalar qiymati 17,4 milliard dollarga baholanmoqda. Samo jismi nikel, temir va kobaltdan iborat.

Yangiliklar lentasi
0