Qorabog‘: Rossiya tinchlikparvar kuchlari Lochin yo‘lagini minalardan tozaladi

Obuna bo‘lish
Rossiya tinchlikparvar kuchlari Tog‘li Qorabog‘dagi Lochin koridorini, shuningdek tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi poytaxti Stepanakertga olib boradigan yo‘lning qismini minalardan to‘liq tozalashdi. Shuningdek, ular Shushi shahri yaqinida kuzatuv punktini tashkil etishdi.

Bu Lochin koridori orqali transport harakatini ochish imkonini berdi. Birinchi avtomashinalar bu yo‘ldan o‘tishdi va yaqinda qochoqlar Armanistondan Tog‘li Qorabog‘ga qaytib kelishni boshlaydilar. Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat sentabr oyi oxirida keskinlashdi.

9 noyabr kuni Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya yetakchilari o‘t otishni to‘xtatish to‘g‘risida uch tomonlama shartnomani imzoladilar. Hujjatga ko‘ra, Rossiya tinchlikparvar kuchlari Qorabog‘da joylashdi.

Yangiliklar lentasi
0