"Pulning hidi bo‘lmaydi": fohishalarni internetda reklama qilib kelgan bloger ushlandi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surushtiruv davomida u moddiy (har bir e’lon uchun 50 dan 500 dollargacha) daromad evaziga jinsiy xizmat ko‘rsatuvchi fohishalarning massaj va intim xizmati e’lonlarini ijtimoiy tarmoqlarga muntazam ravishda joylab kelganligi aniqlangan

TOShKENT, 20 noya - Sputnik. Toshkentda fohishalar guruhini internetda reklama qilib kelgan bloger ushlandi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati IIBB.

Devushka sidit s telefonom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda bir guruh ayollarga internet-terrorchilar bosim o‘tkazmoqda

Toshkent viloyati Prokuraturasi, IIBB Terrorizm va diniy ekstrimizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan 18-noyabr kuni tezkor tadbir o‘tkazgan. Olib borilgan surishtiruvlar davomida o‘zini Roma deb tanishtiruvchi ushbu shaxs 1988-yilda tug‘ilgan Yashnobod tumanida yashovchi T.M. ekanligi, fohishaxona saqlash, qo‘shmachilik qilish va odam savdosi kabi jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi guruhning faol a’zosi ekani aniqlangan.

Shuningdek, surushtiruv davomida u moddiy (har bir e’lon uchun 50 dan 500 dollargacha) daromad evaziga jinsiy xizmat ko‘rsatuvchi fohishalarning massaj va intim xizmati e’lonlarini ijtimoiy tarmoqlarga muntazam ravishda joylab kelganligi aniqlanib, uning yashash xonadoni tintuvdan o‘tkazilgan.

Tintuv davomida: 29 ming 14 dollar; 4 million 880 ming so‘m pul; 10 dona plastik kartochka; 2 dona chegirma plastik kartochkasi; 4 dona xorijiy davlatlarning ishlatilmagan va 2 dona ishlatilgan SIM-kartalar; 2 dona elektron xotira (flesh karta); 3 dona Redmi rusumli telefon apparati; 1 dona HP noutbuk va boshqa noqonuniy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan viloyat IIBB xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0