TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
20 noyabr coat 13:00 ga qadar 63 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 71 147 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar, Andijon viloyatida 3 nafar, Buxoro viloyatida 4 nafar, Farg‘ona viloyatida 8 nafar, Toshkent viloyatida 26 nafar, Toshkent shahrida 32 nafar, koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 68 327 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.
Ayni paytda 2 218 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
O‘lim holatlari
O‘zbekistonda jami 602 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 56,9 milliondan oshdi, 1,3 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 36,5 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (11,7 mln), Hindistonda (9,0 mln), Braziliyada (6,0 mln).