Rossiyada 2021-yilda xorijiy ishchilarga qancha kvota berildi?

Obuna bo‘lish
Mixail Mishustin tomonidan imzolangan yangi qonunga ko‘ra 2021-yilda Rossiyada xorijiy ishchilar kvotasi deyarli o‘zgarmagan.

Xususan, 2021-yilda faqat jamoat transporti va yuk tashish transporti sohalarida faoliyat yuritayotgan xorijiy ishchilar ulushi 202 0yilga nisbatan 26 foizdan 24 foizgacha tushirilgan.

Iqtisodning boshqa sohalarida migrantlar ulushi o‘zgarishsiz qolgan: 

  • Qurilish sohasida - 80%gacha;
  • Xizmat ko‘rsatish, kommunal xo‘jalik sohalarida - 70%gacha;
  • O‘rmon xo‘jaligi va yog‘och sanoati, sabzavotchilik sohalarida - 50%gacha xorijiy ishchilar ishlashi mumkin. 

Qurilish sohasiga kiritilayotgan cheklovlar Moskva va Amur viloyatlarida va Buratiya o‘lkasida individual tartibda belgilanishi aytib o‘tilgan. 

Batafsil infografikamizda tomosha qiling. 

Yangiliklar lentasi
0