Rossiyaning ma’lumotlari tufayli MDHda 40dan ziyod terrorchilar hibsga olindi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishSekretar Soveta bezopasnosti RF Nikolay Patrushev
Sekretar Soveta bezopasnosti RF Nikolay Patrushev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, Patrushevning so‘zlariga ko‘ra, MDH davlatlari kuch tuzilmalari 2020-yilda birgalikda chet elda jangarilar safiga odamlarni yollash bilan shug‘ullangan 22ta xalqaro terrorchilik tashkilotlari yacheykalarini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lganlar.

TOShKENT, 18 noya - Sputnik. Rossiyaning ma’lumotlari tufayli MDHdagi sheriklar 2020-yilda 40 dan ziyod terrorchilar va ularning hamtovoqlarini hibsga olishdi, deb bayonot qildi Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev.

Boyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL) - Sputnik O‘zbekiston
“ID” Markaziy Osiyoga bostirib kirish uchun plasdarm tayyorlamoqda – Patrushev

"Rossiya tomonidan taqdim etilgan materiallarga ko‘ra, xorijiy hamkasblar tomonidan xalqaro terroristik uyushmaning 40 dan ziyod a’zolari va ularning hamtovoqlari qo‘lga olindi", - dedi chorshanba kuni MDH davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblari yig‘ilishining ochilish marosimida Patrushev. Uning so‘zlaridan RF XK matbuot-xizmati iqtibos keltirgan.

"Olingan ma’lumotlar asosida terroristik faoliyatga aloqador bo‘lgan 950 nafardan ortiq chet elliklarga bizning mamlakatimizga kirish ta’qiqlandi", - deb qo‘shimcha qildi Patrushev.

Shuningdek, Patrushevning so‘zlariga ko‘ra, MDH davlatlari kuch tuzilmalari 2020-yilda birgalikda chet elda jangarilar safiga odamlarni yollash bilan shug‘ullangan 22ta xalqaro terrorchilik tashkilotlari yacheykalarini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lganlar.

Yig‘ilish video-anjuman formatida o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0