O‘zbekistonda koronavirus: 18-noyabr asosiy xabarlari

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishVrach s patsiyentom
Vrach s patsiyentom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yana 62 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 70 781 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

17 noyabr coat 19:00 ga qadar 62 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 70 781 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barcha 62 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 68 042 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 138 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Koronavirusga chalingan 1 nafar bemor vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 601 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 55,6 milliondan oshdi, 1,3 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 35,8 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (11,4 mln), Hindistonda (8,9 mln), Braziliyada (5,9 mln).

Yangiliklar lentasi
0