MIBga yangi rahbar tayinlandi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMujchina derjit papku v ruke
Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020-yil 17-noyabrdagi farmoniga asosan Majburiy ijro burosiga yangi rahbar tayinlandi.

TOShKENT, 17 noya — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020-yil 17-noyabrdagi farmoniga asosan Xasan Murotovich Kabirdjanov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro burosi direktori lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentning 2017-yil 29-maydagi farmoniga ko‘ra, Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti tugatilib, Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro burosi tashkil etilgan edi. Yangi buro energiya resurslari uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirish, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-taroj qilish holatlarini aniqlash, bartaraf etish hamda sud qarorlarini ijro etilishini nazorat qiladi.

Kuni kecha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sud hujjatlari ijro etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi.

Ta’kidlanishicha, 10 oy davomida Majburiy ijro burosiga 4 millionga yaqin ijro hujjatlari kelib tushgan. Shundan 1 million 200 mingtasi bajarilmagan.

"Ya’ni, bugungi kun holatiga 17 trillion so‘mlik hujjatlar ijrosi ta’minlanmay turibdi. Buning 7,2 trillion so‘mi davlat undiruviga, qolgan 9,7 trillion so‘mi jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli. Ushbu mablag‘larning undirilishi tadbirkorlarning moliyaviy ahvolini yaxshilash, kam ta’minlangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ko‘plab ijtimoiy masalalarni hal etishda muhim omil bo‘ladi. Yig‘ilishda sud hujjatlarini ijro etish holati tuman va shaharlar misolida ko‘rib chiqildi. Qarzdorliklarni qisqartirish bo‘yicha mamlakat darajasida alohida, viloyat va tumanlar miqyosida alohida tizimda ish olib borilishi belgilandi", - deyiladi xabarda.  

Majburiy ijro burosi 20 milliard so‘mdan yuqori qarzlarni undirish bilan shug‘ullanadi. Buroning viloyat boshqarmalari 10 milliard so‘mdan 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan qarzlar undiruvi bilan ishlaydi.

Yangiliklar lentasi
0