TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
17 noyabr coat 19.00ga qadar 72 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 70 581 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining: 9 nafari Jizzax viloyatida, 6 nafari Navoiy viloyatida, 5 nafari Samarqand viloyatida, 9 nafari Farg‘ona viloyatida, 43 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 67 859 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.
Ayni paytda 2 123 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
O‘lim holatlari
Koronavirusga chalingan 1 nafar bemor vafot etdi.
O‘zbekistonda jami 599 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Xitoy vaksinasi
Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti tomonidan tayyorlangan vaksina sinovining uchinchi bosqichi O‘zbekistonda o‘tkazilishi ma’lum qilingan edi. "Innovatsiyalar vazirligi qoshidagi ilg‘or texnologiyalar markazi direktori o‘rinbosari Alisher Abdullayev javob bergan.
"XXRda o‘tkazilgan 1 va 2-faza sinovlaridan so‘ng vaksinaning butkul xavfsizligi o‘z tasdig‘ini topgani uchun ushbu vaksina tanlab olindi. Ta’kidlashim kerakki, sinovlarning barcha protokollari, natijalari qat’iy belgilangan va BSST tomonidan verifikatsiya qilib boriladi. Nega u xavfsiz? Chunki u nofaol virusga asoslangan. Ya’ni bir necha turdagi vaksinalar mavjud: xususan, adenovirus platformasiga asoslangan, zaiflashtirilgan virusdan foydalanish texnologiyasiga asoslangan vaksinalar. Ayni damda esa organizmga virusning o‘zi yoki adenovirus emas, balki COVID-19ni keltirib chiqaruvchi koronavirus virusining oqsili kiritiladi. Shu tufayli ushbu xitoy vaksinasi eng xavfsiz sanaladi", - deya tushuntirgan Abdullayev.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 55,0 milliondan oshdi, 1,3 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 35,3 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (11,2 mln), Hindistonda (8,9 mln), Braziliyada (5,9 mln).