Alisher Usmonov Namanganda xalqaro biznes markazi quradi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishFextovanie. Chempionat mira. Vtoroy den
Fextovanie. Chempionat mira. Vtoroy den - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namangan markazida 6 gektar maydonda kongress-xoll, biznes maktabi, mehmonxona va ekoparkdan iborat Xalqaro biznes markazi quriladi.

TOShKENT, 16 noya - Sputnik. O‘zbekistonlik tadbirkor, UMS Holding asoschisi Alisher Usmonov tomonidan Namanganda Xalqaro biznes markazi qurilishi rejalashtirilgan, deb xabar qilmoqda Namangan viloyat hokimiyati matbuot xizmati viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqovga asosan.

Xalqaro biznes markazi qurilishi Kelgusi yilning bahor oylarida boshlanadi. 6 gektarni egallagan markaz Namangan shahrining Amir Temur ko‘chasidagi sobiq “Kichkintoylar bog‘i”da bo‘ldi. Markazda Kongress-xoll, biznes maktabi, mehmonxona, ekopark, sport-sog‘lomlashtirish inshootlarini o‘z ichiga oladi. Sun’iy ko‘llar, favvoralar, avtoturargohlar barpo etiladi, - deyilgan xabarda. 

"Xalqaro biznes markazi qurilishi bahor oylaridan boshlanadi. Bu yerda kelgusida xalqaro simpoziumlar, biznes-forumlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Shu orqali Namanganga investitsiyalar kirib kelishi jadallashadi, biznes-turizm uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Mazkur markaz Namanganning o‘ziga xos brendiga aylanadi", — dedi viloyat hokimi.

Shu bilan birga Shavkatjon Abdurazzaqov qurilish olib borilishi rejalashtirilgan hududda obodonlashtirishga e’tibor qaratish, kotlovan atrofida xavfsizlik masalalarini ko‘zdan qochirmaslik zarurligini ta’kidladi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0