O‘zbekistonda koronavirus: 15-noyabr asosiy xabarlari

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishGospital COVID-19 v GKB № 15 imeni O. M. Filatova
Gospital COVID-19 v GKB № 15 imeni O. M. Filatova  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yana 64 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 70 102 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Meditsinskiy rabotnik minskoy gorodskoy polikliniki №28 provodit vaksinatsiyu dobrovolsev ot COVID-19 rossiyskim preparatom Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston
Shveysariya Credit Suisse tahlilchilari "Sputnik V" vaksinasini baholashdi

15 noyabr coat 20:00 ga qadar 79 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 70 181 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 4 nafari Samarqand viloyatida, 2 nafari Toshkent viloyatida, 73 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

131 nafar koronavirusga chaligan fuqarolar tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizga yetdi.

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 67 446 nafarga yetdi. 

Ayni paytda 2 137 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 1 nafar bemor vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 598 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 53,9 milliondan oshdi, 1,3 milliondan ortiq  kishi vafot etdi, 34,7 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (10,9 mln), Hindistonda (8,8 mln), Braziliyada (5,8 mln).

Yangiliklar lentasi
0