TOShKENT, 14 noya - Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Davlat xavfsizlik xizmatiga atab qo‘shiq kuyladi.
Xonanda qo‘shiqqa ishlangan klipni o‘zining Instagrammdagi sahifasida joylagan.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Qo‘shiqda: "Xalq o‘z ishonganin ishonar sizga, suyib saylanganin inonar sizga, xalqning nodir mulki himoyangizda", "Vatanni, yurtboshini qo‘riqlaydi chindan mard yigitlar, mard o‘g‘lonlaring", "Siz davlat yuragin qalqonlarisiz", deya kuylanadi.
Usmonova taronada barcha xizmatchilar jasoratini madh etgan va davlat xavfsizlik xizmati xodimlarini sodiq va mard o‘g‘lonlar ekanligini qayd etgan.