Buxorodan Toshkentga kelayotgan poyezd 1,5 soatdan ortiq to‘xtab qoldi

© O'zbekiston Temir Yo'llariSkorostnoy poyezd "Afrosiyob"
Skorostnoy poyezd Afrosiyob - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nosozlikni bartaraf qilish choralari ko‘rilgandan so‘ng, shu kuni soat 09:50 da o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatni davom ettirgan. "O‘zbekiston temir yo‘llar" AJ rahbariyati yuzaga kelgan noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan

TOShKENT, 14 noya - Sputnik. 14-noyabr kuni Buxoro—Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan "Afrosiyob" poyezdi nosozlikka uchradi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" matbuot xizmati xabar berdi.

Buzg‘unchi: "Afrosiyob" poyezdi yo‘liga tosh qo‘yib ketgan shaxs aniqlandi

Xabarga ko‘ra, Buxoro – Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 765-sonli "Afrosiyob" elektropoyezdi texnik nosozlik sabab soat 08:11 da "Baxt" stansiyasida to‘xtagan. Nosozlikni bartaraf qilish choralari ko‘rilgandan so‘ng, shu kuni soat 09:50 da o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatni davom ettirgan.

"O‘zbekiston temir yo‘llar" AJ rahbariyati yuzaga kelgan noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 14-noyabrida ham Buxorodan Toshkentga kelayotgan poyezd elektr ta’minotidagi uzilish sabab Jomboyda to‘xtab qolgandi.

Yangiliklar lentasi
0