Derbent shahridagi ko‘p qavatli uylardan birining yon devorida Habib va uning otasi Abdulmanap Nurmagomedovga bag‘ishlangan balandligi 10-metr bo‘lgan graffiti rasm paydo bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy Abdulmanap Nurmagomedovga iyul oyida koronavirus oqibatida vafot etgan edi.
Oktabr oyining o‘rtasida Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan jangda Habibi Nurmagomedov o‘z karyerasida 29-g‘alabaga erishgan edi. Shundan o‘ng Habib UFC pog‘onasida birinchi o‘ringa chiqdi va o‘zining jangovar karyerasini yakunlaganini e’lon qildi.
Habib Nurmagomedov onasiga bergan va’dasi tufayli ushbu qarorga kelganini ma’lum qildi. Lekin afsonaviy jangchi yaqin vaqt ichida murabbiy sifatida o‘z faoliyatini davom ettirishi mumkinligini xabar qilgan.