Talabalar 16-noyabrdan o‘qishni an’anaviy shaklda davom ettirishadi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishStudenti na leksii
Studenti na leksii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yil 12-noyabrdagi yig‘ilish qaroriga muvofiq barcha oliy ta’lim muassasalarida joriy yilning 16-noyabridan o‘qish an’anaviy shaklda boshlanadi

TOShKENT, 12 noya - Sputnik. Talabalar 16-noyabrdan o‘qishni an’anaviy shaklda davom ettirishadi. Bu haqda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.

"Respublika komissiyasining 2020-yil 12-noyabrdagi yig‘ilishi qaroriga muvofiq barcha oliy ta’lim muassasalarida joriy yilning 16-noyabridan oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar va reja-grafik asosida o‘quv jarayonini an’anaviy shaklda davom ettirish belgilandi", - deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0