Mobil telefonda tasvirga olingan yo‘llardagi qoidabuzarliklar uchun ham jarima solinadi

© PixabayMobilniy telefon v ruke
Mobilniy telefon v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2021-yil 1-yanvardan boshlab mobil telefonda tasvirga olingan yo‘llardagi qoidabuzarliklar uchun jarima solinadi.

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga oid amaldagi tartibga o‘zgarish kiritildi.

Unga muvofiq, 2021-yil 1-yanvardan boshlab videoregistratorlar bilan birga videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan videoyozuvlarga tenglashtiriladi.

U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Bungacha faqat videoregistratorda tasvirga tushirilib, yuborilgan tasvirlargina ko‘rib chiqilar, lekin boshqa videotexnikalar, xususan mobil telefonlarda olingan videolar jarima qo‘llash uchun asos bo‘la olmas edi.

Buning uchun fuqarolar huquqbuzarlik tasvirga tushirilgan videolarni ejarima.uz sayti orqali vakolatli organga yuborishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0