TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) idora xodimlari Norin viloyatida bolalarni qo‘rqitish va o‘g‘irlash bilan shug‘ullanayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Idora matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda shunga o‘xshash yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish holatlari ko‘paygan.
“MXDQ hech qachon o‘zining tezkor-qidiruv tadbirlarida voyaga yetmaganlardan foydalanmaydi”, - deyilgan xabarda. Undan Sputnik Qirg‘iziston iqtibos keltirgan.
MXDQ hozir bunday yolg‘on xabarlarni tarqatgan ig‘vogarlarni qidirmoqda.