IIV Gulnora Karimovaning sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi xabarlarni rad etdi

© InstagramGulnara Karimova
Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gulnora Karimovaning sog‘lig‘i yomonlashgani borasida so‘nggi vaqtlarda tarqalgan xabarlar asosga ega emas.

TOShKENT, 12 noya — Sputnik.  Gulnora Karimovaning sog‘lig‘i yomonlashgani borasida so‘nggi vaqtlarda tarqalgan xabarlar asosga ega emas. Bu haqda bugun O‘zbekiston Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Umida Abdullayeva ma’lum qildi.

Lola Karimova-Tillayayeva - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimova otasini xotirladi

Oktabr oyida ijtimoiy tarmoqlar va OAVda belgilangan jazo muddatini Zangiotadagi koloniyada o‘tayotgan Gulnora Karimovaning salomatligi yomonlashgani, u o‘pka yallig‘lanishi tashxisi bilan sanitariya qismiga yotqizilgani, u koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Matbuot anjumanida mutasaddilar Gulnora Karimovaning koronavirusga chalingani, ahvoli og‘irlashgani yoki o‘z joniga qasd qilgani haqida tarqalgan xabarlar qanchalik haqiqatga mosligi haqida savolga javob berdi.

Senat raisi Tanzila Norboyeva bu gaplarni "mish-mishlar" deb atadi.

“Bularning bari, aytganingizdek, mish-mishlar, asoslanmagan faktlar”, — dedi Tanzila Norboyeva.

“O‘z joniga qasd qildi degan yoki boshqa noxush holat haqidagi gaplar asossiz. Gulnora Karimova sud tomonidan belgilangan jazo muddatini o‘tamoqda”, — deya qo‘shimcha qildi IIV polkovnigi Umida Abdullayeva.

Yangiliklar lentasi
0