TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Turkiya “Sputnik V” vaksinasini turk farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari quvvatida ishlab chiqarishni tashkillashtirishga qiziqish bildirdi. Bu haqda Rossiya SSV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Turk tomonining tashabbusi bilan Rossiya va Turkiya SSV rahbarlari Mixail Murashko va Faxrettin Kojaning muzokaralari bo‘lib o‘tgan.
“Turkiya SSV rahbari mahalliy qonunchilikda ko‘zda tutilgan toksikologik tadqiqotlar o‘tkazgandan keyin “Sputnik V” vaksinasini turk farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari quvvatida ishlab chiqarishni tashkillashtirishga qiziqish bildirdi”, - deyilgan xabarda. Undan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Murashko turk hamkasbiga sertifikatlangan laboratoriyalarda bunday tadqiqotlarni tashkillashtirishga tayyorligini ma’lum qilgan.
“Tomonlar yaqin kunlarda kelishuvlarni amalga oshirishga kirishishga kelishib olishdi”, - deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gamaleya markazi ijtimoiy tarmoqlarda “Sputnik V” haqida ma’lumot berishni boshlashi xabar qilingan edi.