Sirdaryoda uch kishi ofitsiantni ayovsiz do‘pposlab, tishlarini sindirdi

© Sputnik / Andrey Varenkov / Mediabankka o‘tishDraka
Draka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uch fuqaro o‘ch olish maqsadida boshqa bir fuqaroni shafqatsizlarcha do‘pposladi. Natijada jabrlanuvchining barmog‘i sindi va ikkita tishi sinib tushdi.

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida fuqaroni o‘lasi qilib kaltaklagan uch kishi qo‘lga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Hodisa 10-noyabr kuni sodir bo‘lgan. 25 yoshli S.T., 26 yoshli Sh.M. va 19 yoshli B.R.lar “Shodlik” MFY hududida joylashgan “GRILL BAR” kafesiga kelishgan. U yerda kafe ofitsianti 23 yoshli J.X.ni o‘rtalarida o‘zaro oldindan bo‘lib o‘tgan kelishmovchilik sabab shafqatsizlarcha do‘pposlab, tan jarohati yetkazishgan. Ular hatto yog‘och jismdan foydalanishgan. Ular fuqaroni kaltaklab, hodisa joyidan yashiringan.

© MVD UzbekistanaV Sirdarinskoy oblasti parni jestko izbili ofitsianta v kafe - foto
Sirdaryoda uch kishi ofitsiantni ayovsiz do‘pposlab, tishlarini sindirdi - Sputnik O‘zbekiston
V Sirdarinskoy oblasti parni jestko izbili ofitsianta v kafe - foto

Natijada fuqaro J.X. o‘ng qo‘l kichik barmog‘i yopiq sinishi, yuqori chap tomon ikkita tishlarining sinib tushishi, tanasining ko‘plab shilingan jarohatlari bilan kasalxonaga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  S.T., Sh.M. va B.R.lar ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0