O‘zbekistonda kasaba uyushma xodimi kuni joriy etiladi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov.Bumaga i ruchka
Bumaga i ruchka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining navbatdagi VIII-yig‘ilishida ishtirok etdi.

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Respublika bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining navbatdagi VIII-quriltoyida ishtirok etdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev birinchi marta yig‘ilish ishtirokchilariga murojaatnoma yo‘lladi. Bosh vazir tabrik so‘zini o‘qib eshittirdi.

Davlat rahbari federatsiya faoliyatini yuqori baholadi, 11-noyabrni mamlakat kasaba uyushmalari xodimlari kuni deb e’lon qilishni va Kasaba uyushmalari akademiyasini tashkil etishni taklif qildi.

Koronavirus pandemiyasi tarqalishi davrida mamlakat kasaba uyushmalari turli sohalarda 5,5 milliondan ortiq ishchilarning mehnat xavfsizligini ta’minlash va mehnat huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tizimli ishlarni olib bordi.

2016 yilda Kollektiv shartnomasi tadbirlarini amalga oshirishga har bir ishchiga o‘rtacha sarflangan mablag‘ 1 million 539 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yil oxiriga kelib u 5 million 100 ming so‘mgacha ko‘tarildi.

2020 yil boshida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi huzurida tashkil etilgan Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha respublika ishchi guruhi ayollarning muammolari o‘rganish uchun hududlarga tashrif buyurdi.

Dasturi bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida 122 753 ayol ish bilan ta’minlandi, 4413 nafar muhtoj ayollarga 28 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.

Yangiliklar lentasi
0