Har qanday og‘ir vaziyatda ustaxonaga kelaman, birorta chiroyli musiqani qo‘yib, yangi rasm chizishni boshlayman. Rasm yaxshi chiqqan sari ko‘nglim ko‘tarilib boraveradi, - deydi Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani Chimion posolkasida istiqomat qiluvchi rassom Shuhrat O‘rinboyev.
Men barcha janrlarda rasm chizaman, ko‘proq falsafiy suratlar chizaman, lekin eng qiyini bu portret janri. Chunki rassom insonning ichki dunyosini tushungandagina rasm o‘xshaydi. Bo‘lmasa har qancha aniq chizilsa ham o‘xshamay turaveradi.
Hozir ikkita farzandim bor. Biri qo‘l bo‘lsa biri oyoq. Ikkalasi ham maktabda yaxshi o‘qishadi. Ularning kelajakda kim bo‘lib yetishishini men belgilab bermayman. Yosh avlod o‘zi maqsad tanlasa - o‘shanga mehr qo‘yadi. Men aytgan yo‘nalish ularga qiziq bo‘lmasligi mumkin. Eng muhimi - kim bo‘lsa ham yaxshi inson, odamlarga foydasi tegadigan inson bo‘lib yetishishini istayman.
Bugungi kunda Shuhratning orzu va rejalari bir talay. U bir necha xorijiy mamlakatlarga borishni va ko‘rgazmalar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. O‘zining Youtube kanalida doimiy ravishda turli videolar chiqarib turadi.