TOShKENT, 11 noya — Sputnik. “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-iyundan:
- 6-23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan;
- 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar “A” vitamini bilan;
- 2-10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar bilan bepul ta’minlanadi.
2022 yil 1-iyuldan:
- homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3-15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan;
- 35 yoshgacha tug‘ish yoshidagi ayollar temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul ta’minlanadi.
2021 yil 1-apreldan boshlab birinchi nav bug‘doy uni bilan bir qatorda oliy nav bug‘doy uni mikronutriyentlar bilan boyitilgan taqdirda respublika hududida realizatsiya qilishga ruxsat etiladi.