Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

© AFP 2023 / CHRISTIAN MIRANDASeysmograf
Seysmograf - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lum qilishicha, 10-noyabr Toshkent vaqti bilan 19:37da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi.

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Bugun, Toshkent vaqti bilan 19:37 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar qildi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Zilzila koordinatalari: 38,8 gradus shimoliy kenglik; 70,52 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,2. Chuqurlik 183 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 296 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida: Toshkent: 296 km, 2 ball. Namangan: 263 km, 2 ball. Andijon: 270 km, 2 ball. Farg‘ona: 207 km, 2 ball. Guliston: 240 km, 2 ball. Jizzax: 272 km, 2 ball. Samarqand: 321 km, 2 ball. Termiz: 334 km, 2 ball.

Yangiliklar lentasi
0