Samarqand viloyati hokimi amaldorlarga ishga 10 kun piyoda kelib-ketishni taklif qildi

© Press-slujba xokimiyata Samarkandskoy oblastiXokim Samarkandskoy oblasti Erkinjon Turdimov
Xokim Samarkandskoy oblasti Erkinjon Turdimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Erkinjon Turdimov viloyatdagi davlat organlari rahbarlari 11-noyabrdan 21-noyabrga qadar ishga piyoda yoki jamoat transportida kelib ketishini taklif qildi.

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov viloyatdagi davlat organlari rahbarlari 11-noyabrdan 21-noyabrga qadar ishga piyoda yoki jamoat transportida kelib ketishini taklif qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Men o‘zim shu tartibda ishga kelib-ketaman, xizmat mashinam hokimiyatda turadi. Kun davomida biror bir tumanga chiqadigan bo‘lsam, mashinadan foydalanaman. Kechqurun yana mashinani hokimiyat garajida qoldirib, uyga piyoda yoki jamoat transportida ketaman. Bu, avvalo, salomatligimiz uchun, qolaversa, aholiga shaxsiy ibratimiz bo‘ladi”, - Turdimov.

Viloyat hokimi “Avtomashinasiz 10 kun” aksiyasi davlatdan oylik oladiganlarga taalluqli ekanini ta’kidlagan.

“Qolganlar bizni taklifimizni qo‘llab-quvvatlashsa nur ustiga, a’lo nur bo‘ladi. Buni jamoatchilik, jurnalistlar va blogerlar nazorat qilishi kerak”, — deydi hokim.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev “Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi. Unga ko‘ra, kelasi yil 1-yanvardan birinchi rahbarlar semizlik darajasi va vaznini nazorat qilishi shartligi belgilangan.

Shuningdek, Rossiyaning “Perviy kanal” telekanalida efirga uzatiladigan mashhur “Vecherniy Urgant” shou dasturida O‘zbekiston hukumatining eng ko‘p piyoda yurgan fuqarolarni rag‘batlantirish to‘g‘risidagi qarori haqidagi xabar ko‘rsatildi.

Yangiliklar lentasi
0