TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Moskva meri Sergey Sobanin COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat tufayli qo‘shimcha cheklovlar joriy etilishini e’lon qildi.
- 23:00 dan 6:00 gacha umumiy ovqatlanish (restoran, kafe, bar) mehmonlarga xizmat ko‘rsatmaydi. Bu mahsulotni olib ketish va yetkazib berishga taalluqli emas.
- universitet va kollej talabalari masofadan turib o‘qishga o‘tkazilmoqda. Talabalarning transport kartalari vaqtincha bloklanadi, ularga "uy rejimi"ga rioya qilish tavsiya qilindi.
- teatrlar, kinoteatrlar va konsert zallaridagi maksimal sig‘imi 25 foizgacha qisqartirildi.
- sport tadbirlariga tomoshabinlar qabul qilinishi davom etadi, ammo endi tashkilotchilar harakatlarni Moskva sport boshqarmasi va Moskva Rospotrebnadzor ma’muriyati bilan kelishilishi kerak.
- madaniy, ko‘ngilochar va ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy tadbirlariga taalluqli emas.
- binolarda joylashgan bolalar kunduzgi oromgohlari va bolalar ko‘ngilochar markazlarining ishi to‘xtatiladi. Bolalar uchun mashg‘ulotlar ochiq havoda o‘tkazilishi mumkin.
Cheklovlar ikki oy 13-noyabrdan 2021-yil 15-yanvargacha joriy etiladi.
Kuni kecha, 9-noyabr kuni Moskvada epidemiya vaqtida kunlik kasallanish darajasining eng yuqori ko‘rsatkichi qayd etildi - 6897 ta holat. Bugun yuqtirganlar soni 5902 kishiga kamaydi, ammo rasmiylar vaziyat yanada yomonlashishi mumkin deb hisoblamoqda.