BAA O‘zbekistonga qator sohalarda loyihalariga ustuvorlik berishni taklif qildi

© Press-slujba MIVT UzbekistanaMinistr MIVT Uzbekistana Sardor Umurzakov vstretilsya s ministrom po delam prezidenta OAE Sheyxom Mansurom bin Zayedom al-Naxayanom.
Ministr MIVT Uzbekistana Sardor Umurzakov vstretilsya s ministrom po delam prezidenta OAE  Sheyxom Mansurom bin Zayedom al-Naxayanom. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sardor Umurzakov Birlashgan Arab Amirliklari prezident ishlari bo‘yicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid al-Nahayyon bilan uchrashdi.

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari O‘zbekistonga energetika, bank ishi, qishloq xo‘jaligi va tog‘-konchilik sohalarida qo‘shma investitsiyaviy loyihalariga ustuvorlik berishni taklif qildi. Bu haqda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning BAA prezident ishlari bo‘yicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid al-Nahayyon bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.

Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va BAA umumiy loyihalar doirasidagi hamkorlikni davom ettiradi

Uchrashuvda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning bugungi holati, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi sheriklikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, tomonlar amalga oshirilayotgan loyiha va tashabbuslarni joriy etishni jadallashtirish bo‘yicha keyingi qadamlarni belgiladilar va har bir yo‘nalish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik qilish algoritmlarini kelishib oldilar.

“Abu-Dhabi Uzbek Investment” O‘zbekiston-Amirliklar investitsiya kompaniyasi faoliyati hamda uni, xususan, O‘zbekiston tijorat banklari orqali kompaniya tomonidan kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturini moliyalashtirish hajmlarini oshirish evaziga kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va uni keyinchalik BAAda sotish bo‘yicha loyihalarni birgalikda ishlab chiqish tashabbusi yuzasidan kelishib olindi.

“Bundan tashqari, Amirliklar tomoni energetika, bank ishi, qishloq xo‘jaligi va tog‘-konchilik sohalarida qo‘shma investitsiyaviy loyihalariga ustuvorlik berishni taklif qildi”, - deyilgan xabarda.

Uchrashuv yakunida yangi yo‘nalishlarda aniq loyihalar ustida puxta ishlash uchun alohida qo‘shma ishchi guruhlar tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Yangiliklar lentasi
0