Astraxan viloyatida chegara yaqinida to‘planib qolgan migrantlar vataniga qaytadi

© © SputnikPosadka passajirov v poyezd Moskva-Dushanbe
Posadka passajirov v poyezd Moskva-Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston chegarasi yopilganidan so‘ng Astraxan viloyatida to‘planib qolgan migrantlar uyiga qaytishi uchun maxsus vagonlar ajratildi.

TOShKENT, 10 noya – Sputnik. Astraxan viloyati chegaraga yaqin hududida to‘planib qolgan O‘zbekiston fuqarolari 11-noyabrdan boshlab temiryo‘l orqali uylariga jo‘natila boshlaydi. Bu haqida Privoljsk Temiryo‘li matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Chiptalar “Voljskiy” temiryo‘l vokzalida konsullik tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatlarga asosan sotila boshlaydi. Temiryo‘l bekatiga qadar yo‘lovchilarni avtobus olib boradi, - deyilgan xabarda.

Ushbu transferni amalga oshirish uchun Rossiya Temryo‘llari (RJD) “Voljskiy-Tashkent” poyezdi tarkibiga qo‘shimcha 3ta vagon qo‘shdi. Ushbu vagonlar bir oydan ortiq vaqt davomida uylariga jo‘nab keta olmayotgan mehnat migrantlari uchun mo‘jlallangan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, o‘tgan juma kuni O‘zbekiston Respublikasining Rossiyadagi konsuli Rustam Kurganbayev va Astraxan viloyati gubernatorining administratsisi rahbari Pavel Pautov bilan uchrashib, O‘zbekiston fuqarolari uchun qo‘shimcha vagonlar ajratish haqida kelishib olishgan.

Eslatib o‘tamiz, Vataniga qaytish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari “Karaozek”chegara punkti yaqinida taxminan bir oy oldin to‘planib qolishgan. O‘shanda Qozog‘iston tomon favqulodda ravishda chegaralarni yopishini e’lon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0