TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Livanning Akkar provinsiyasida meteorit qulashi aks etgan video paydo bo‘ldi.
Lavhada yerga yaqinlashib borayotgan katta olovli shar aks etgan.
Mahalliy OAVlar bu hodisa Al-Talil aholi punkti yaqinida ro‘y bergani haqida xabar qildi. Samoviy jism dalaga tushib, katta yong‘inni keltirib chiqardi.
Astrofizik Sirina Nexmening so‘zlariga ko‘ra, bu hodisa Yer atmosferasini soniyasiga 71 km tezlikda uchib kiradigan Leonidlar meteorlar oqimi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.